18 apr 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA
G'alabali yo'lga qaytgan Proxazka chempion Pereyra bilan revansh o'tkazish niyatida
Yarim og'ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni, chexiyalik Irji Proxazka vaznning ayni damdagi braziliyalik chempioni Aleks Pereyra bilan revansh jangini o'tkazmoqchi.
"Men Pereyra bilan kamar uchun jang qilmoqchiman. Ayniqsa, Nyu-Yorkdagi o'sha jangdan keyin. O'tgan yakshanba men g'alaba qozondim, titul jangi men uchun manoga ega yagona narsaligini his etyapman. Men zarba ko'tara olaman va Aleks Pereyradek yigit bilan qanday jang qilish kerakligini bilaman", dedi Irji.
Eslatib o'tamiz, ular o'rtasidagi ilk jangda Pereyra ikkinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar