18 sen 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
G'alati emasmi? CHempion o'z kamarini himoya qilmayapti, lekin titulidan ayrilishi mumkin
Birinchi engil vazn toifasida IBF chempioni, irlandiyalik Entoni Kakache 21 sentyabr kuni Londonda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga chiqadi.
Unga o'sha kuni britaniyalik Josh Uorrington raqib bo'ladi.
Uorrington IBF reytingida kuchli 15 talikka kirmaydi. SHu sababdan, jang rasman titul uchun o'tkazilmayapti. Ammo IBF qaroriga ko'ra, Kakache bu jangda yutqazib qo'ysa, chempionlik kamari vakant bo'lib qoladi va majburiy davogar Eduardo Nunes titul uchun jang qiladi.
Agar Kakache 21 sentyabr kuni o'z jangida g'alaba qozonsa, u keyingi bahsini 2025 yilning mart oyiga qadar Nunesga qarshi o'tkazishi kerak bo'ladi. 35 yoshli Nunes chempionlik kamarini may oyida qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar