27 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"Gapimga 150% javob beraman, Kanelo taqiqlangan moddalar qabul qiladi"
Ukrainalik bokschi mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresni g'irromlikda aybladi.
O'rta vazn toifasi bokschisi Evgeniy Xitrov supero'rta vazn qiroli Saul Alvaresni taqiqlangan moddalar qabul qilishda aybladi.
"Professional tashkilotlar kim ularga pul olib kelayotgan bo'lsa, aynan o'shalarni qadrlashadi. Qaysi jang pul olib kelsa, o'sha jang o'tkaziladi. Nega Kanelo istalgan vazniga sakrab yuribdi? Sababi, u to'rtta tashkilotning barchasini boqyapti.
Gapimga 150% javob beraman, Kanelo taqiqlangan moddalar qabul qiladi. Har bir jangdan oldin ular tekshiruv qanday bo'lishini Saulga tushuntirishadi. U esa barchasiga tayyor bo'ladi. Kerak payt moddalarni qabul qiladi. Kerak paytda tekshiruvga tayyorlanadi", - deydi Evgeniy Xitrov.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar