11 dek 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Garbrandt Genrini jangga chorladi. Cexudo esa javob qaytardi
Amerikalik aralash janglar ustasi Kodi Garbrandt uchta vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoni oktagonga chorladi.
"Nega 6 martni kutishimiz kerak? Men senga vaqt berdim, sen vazn tashlaysan. Menga sening lanati kamaring kerak emas. O'zingni qirol deb atasang, unda qo'rqoqlik qilma! CHo'qqida bo'lgan paytingda qochib yurma. Oldinda katta janglar bor", - deb yozdi Garbrant.
Sexudo esa bu so'zlarga darhol javob qaytardi:
"Mening merosim allaqachon tarixga yozilib bo'lgan va endi hech qachon o'chmaydi. Sen shunchaki asosiy taomdan oldingi gazaksan. Jag'ingni men uchun ehtiyot qil", - deb yozadi Genri Sexudo o'zining Tvitter sahifasida.
Havola :
Manba : Twitter
Fikrlar