04 may 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Gennadiy Golovkin: “Alvares bilan revansh jangining o'tkazilish ehtimoli 10%”
Qozog'istonlik superchempion Gennadiy Golovkin meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangining o'tkazilish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
O'rta vaznda WBA (Super), IBO, WBC va IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Golovkin revansh jangining o'tkazilishi haqiqatdan uzoqroq ekanligini malum qildi.
“Revansh jangining o'tkazilish ehtimoli 10 foizga teng, undan ko'p emas. Balki, men 10 foiz deb ko'p aytib yuborgandirman”, – dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Alvares o'rtasidagi jang 2017 yilning sentyabr oyida o'tkazilgan va o'shanda durang natija qayd etilgandi. Revansh jangi esa 5 may kuniga belgilangandi. Lekin jangga oz muddat qolganida Alvaresning qon tarkibida taqiqlangan modda topilgan va buning natijasida Saul Kanelo 6 oyga chetlatilgan edi.
Havola :
Fikrlar