25 apr 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37576_220.jpg)
Gennadiy Golovkin: “Alvares haqida o'ylamay ham qo'ydim”
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin 5 may kuni Vanes Martirosyanga qarshi o'tkaziladigan jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Qozog'iston bokschi meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi o'tkazilishi mumkin bo'lgan takroriy jang haqida xatto o'ylamayotganini malum qildi.
Malumki, Alvaresdan olingan doping-tahlil ijobiy natija bergan va uning qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlangandi. Buning natijasida Saul 6 oyga katta boksdan chetlatilgan edi.
“Kanelo? Ayni paytda u men uchun qiziq emas. Sentyabr oyida unga qarshi ikkinchi jangni o'tkazamanmi? Ochig'i, bilmadim. Men jangga tayyorman, lekin u bunga rozi bo'larmikan? To'g'risini aytsam, men ortiq Alvares haqida o'ylamay ham qo'ydim”, — dedi Golovkin.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar