04 dek 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin bekor bo'lgan jangi haqida fikr bildirdi
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin Riota Murataga qarshi bekor bo'lgan jangi haqida fikr bildirdi.
"Men chuqur qayg'udaman. Jangimiz bekor bo'lganidan afsusdaman, biroq inson salomatligi barcha narsadan muhim. Men tez orada barchasi yaxshi bo'lishini va tezroq jangimiz tashkil etilishidan umidvorman",-deb fikr bildirdigan Gennadiy.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Riota Murata jangi 29 dekabr kuni Yaponiyada bo'lib o'tishi lozim edi, biroq koronavirusning yangi shtami tufayli Yaponiya hukumati mamlakatga kirishga cheklovlar o'rnatdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar