07 iyu 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/225918_220.jpg)
Gennadiy Golovkin: "Bunga hali tayyor emasman"
O'rta vazn toifasida WBA va IBF chempioni Gennadiy Golovkin supero'rta vaznda mutlaq jahon chempion Saul Alvaresga qarshi trilogiyadan so'ng faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.
Qozog'istonlik 40 yoshli bokschi faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini aytdi.
"Bunga hali tayyor emasman. Bu savolga javob berish qiyin. Har kuni yangi voqealar sodir bo'lishi mumkin. Vaqti kelganida vaziyatga qarab qaror qabul qilaman. Oldindan taxmin qilish qiyin. Men boks bilan shug'ullanaman, sababi uni yaxshi ko'raman. Nafaqaga chiqish uchun faqat bitta sabab bo'ladi. Hozircha faoliyatimni davom ettiraman", — dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin o'rtasidagi trilogiya 17 sentyabr kuni Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arenaʼda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar