28 fev 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Gennadiy Golovkin: "Men siyosatchi yoki amaldor emasman"
Qozog'istonlik mashhur bokschi Gennadiy Golovkin kuni kecha mamlakat olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylangan edi.
Golovkin faoliyatidagi bu o'zgarishga ilk bor munosabat bildirdi.
"Menga Qozog'istonni xalqaro maydonda o'zim uchun yangi yo'nalishda namoyish etish sharaf hisoblanadi. Olimpiya qo'mitasiga rahbarlik qilish taklifi bo'lganida, o'z nomzodimni bajonidil ilgari surishim, faqat o'ziga yarasha talablarim borligini aytdim. Bilasiz, men siyosatchi yoki amaldor emasman. O'z qarashlarimni gapda emas, amalda isbotlab kelganman. Ko'p yillik xalqaro tajribam va shu bilan birga o'z jamoam bor. Bu rejalarni o'z vatanim sporti ravnaqi uchun amalga oshirish imkoniyati yuzaga kelganidan xursandman", — dedi Golovkin.
Havola :
Manba : olympic.kz
Fikrlar