27 jan 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Gennadiy Golovkin O'zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvi haqida post qoldirdi (FOTO)
Hozirda World Boxing xalqaro tashkiloti va Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan afsonaviy bokschi Gennadiy Golovkin kecha Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasida ishtirok etdi.
U tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning qabulida bo'ldi.
"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev janobi oliylariga taklif va Toshkentda samimiy qabul qilgani uchun minnatdorlik bildiraman. World Boxing tashkilotining prezidenti sifatida men boksga eng yuqori davlat darajasida ko'rsatilayotgan katta etiborni chin dildan qadrlayman.
Biz sportimizning rivojlanishi, uning xalqaro darajadagi va Olimpiya harakatidagi rolini muhokama qildik", deya quyidagi suratlarni izohlagan Golovkin.


Havola :
Manba : instagram.com/gggboxing
Fikrlar