23 sen 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin World Boxing prezidentligi uchun nomzodini qo'yadi
Qozog'istonlik boks yulduzi, bugungi kunda mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Gennadiy Golovkin World Boxing tashkiloti prezidentligi uchun saylovda qatnashmoqchi.
Bir necha kun oldin tashkilotning hozirgi rahbari, niderlandiyalik Boris van der Vorst bu yilgi prezidentlik saylovida qatnashmasligini malum qilgandi.
SHu tariqa, Gennadiy Golovkin tashkilot rahbarligi uchun asosiy nomzodga aylanmoqda.
Golovkindan tashqari, ushbu saylovda Asian Boxing rahbari, tailandlik Pichay CHunavajira ham qatnashishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar