28 may 14:28
Yangiliklar

Genri Sexudo Alash Pride turnirida jang o'tkazdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo ushbu turnirda jang o'tkazdi.
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi greppling bo'yicha o'tkazilgan ko'rgazmali maqomdagi bellashuvda sobiq ONE Championship chempioni, qozohistonlik Qayrat Axmetovni mag'lubiyatga uchratdi. Sexudo erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni hisoblanadi.
Genri erkin kurashda katta tajribaga ega bo'lsa-da, raqibini bo'g'ish yoki og'ritish usuliga tushira olmadi. Bellashuv yakunlanganidan so'ng Genri Sexudo o'zining UFC chempionlik kamarini Alash Pride ligasi prezidentining o'g'li Alimjan Bektaevga sovg'a qildi. Sexudo bu 2019 yilning yanvarida Ti Jey Dillashouni mag'lub etganidan keyin taqdim etilgan chempionlik kamari ekanini tasdiqladi.
Fikrlar