20 avg 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Genri Sexudo boksdagi debyutini mashhur blogerga qarshi o'tkazadi + POSTER
Erkin kurash bo'yicha Olimpiada-2008 chempioni, UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Genri Sexudo boksda debyut qiladi.
U amerikalik bloger Nuridin SHohid SHabazzga qarshi ringga ko'tariladi. Bu haqda Misfits Boxing promousheni ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.
"Virusli sensaciyaga aylangan Deen The Great Misfits Boxing’ga uzoq kutilgan qaytishini amalga oshiradi. U buyuk to'qnashuvda Olimpiada chempioni va UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Genri Sexudoga qarshi jang qiladi", — deyiladi promoushen xabarida.
Jang 24 sentyabrdan 25 sentyabrga o'tar kechasi AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : Misfits Boxing
Fikrlar