23 iyu 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo: "Carukyanga Xollouey bilan jangni berish kerak"
Ikki divizionda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoning fikricha, Arman Carukyan navbatdagi jangida Maks Xollouey bilan uchrashishi kerak.
"Agar Arman Carukyanga titul olish imkoniyatini bera olmasangiz, unga Maks Xolluoeyni raqib qilib bering! Maks Xollouey engil vaznda butunlay boshqacha yigitga aylandi. Maksning chempionlik poygasiga qaytishi uchun faqat bitta jang bor. Bu Arman Carukyanga qarshi bahs", dedi Sexudo.
Eslatib o'tamiz, 20 iyul kuni Xollouey UFC 318 turnirining asosiy jangida Dastin Poreni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Carukyan esa oxirgi jangida braziliyalik CHarlz Oliveyradan ustun kelgan.
Havola :
Fikrlar