13 avg 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo: "Konor jang qilgan har qanday raqibidan ustunroq"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Genri Sexudo braziliyalik CHarlz Oliveyra uchun engil vaznda eng xavfli raqib kim ekanligini aytdi.
Sexudoning so'zlariga ko'ra Oliveyra uchun engil vaznda eng xavfli raqib bu irlandiyalik aralash yakka kurash ustasi Konor Makgregor.
"Makgregor Oliveyraga qarshi. Menimcha, Makgregor jang qilgan har qanday raqibidan ustunroq. Sababi Konor chapaqay va kuchli zarbaga ega. Ammo, Oliveyra uni parterga o'tkazishga harakat qiladi. Oliveyra aqlli yigit va u har qanday raqib bilan jang qila oladi", — dedi Sexudo o'zining Youtube kanalida.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra navbatdagi jangini 23 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 280 turnirida Islam Maxachevga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar