20 okt 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo Teofimo Lopesni jangga chorladi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo boks bo'yicha engil vaznda WBO, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Teofimo Lopesga "vyzov" tashladi.
"Teofimo, kamarlarni birlashtirib olganing bilan tabriklayman. Yaxshi enaga sifatida dadangning kamarlariga ko'z-quloq bo'lib tur! Sen keyingisisan", – deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Genri Sexudo shu yilning may oyida Dominik Kruzni mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Lopes esa yakshanba tongida Vasiliy Lomachenkoni shov-shuvli tarzda taslim etgan edi.
Havola :
Fikrlar