03 jan 13:44
Yangiliklar
Genri Sexudoning RAF 6 turniridagi raqibi malum bo'ldi
U erkin kurash bo'yicha tashkil etiladigan bahsda UFC faxriysi Yurayya Feyberga qarshi gilamga chiqadi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda. RAF 6 turniri doirasida o'tadigan ushbu bellashuvga 28 fevral kuni AQSHning Arizona shtati Tempe shahri mezbonlik qiladi.
Genri Sexudo bir oy oldin MMAdagi faoliyatini yakunlagan edi. O'shanda u UFC turniri doirasida Peyton Talbottga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Sexudo erkin kurash bo'yicha Pekin-2008 Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U MMAdagi so'nggi to'rtta jangida mag'lubiyatga uchragan.
46 yoshli Feyber esa sobiq WEC chempioni bo'lgan. UFC kamari uchun davogarlik qilgan. 2024 yilda u Jeff Glover va Bibiano Fernandesni greppling bo'yicha o'tkazilgan janglarda mag'lubiyatga uchratgan. Uning MMAdagi so'nggi g'alabasi 2019 yilga to'g'ri keladi. O'shanda u bir daqiqada Riki Saymonni nokautga uchratgadi. Keyin esa Petr Yanga nokaut bilan yutqazgandi.

Fikrlar