10 iyu 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji chempionlik jangi bo'lmasa, faoliyatini yakunlamoqchi
Mashhur sport menejeri Ali Abdel-Aziz amerikalik jangchi Jastin Getji haqida fikr bildirdi.
"Jastin menga shunday dedi: "Agar menga chempionlik jangi berilmasa, faoliyatimni tugataman". U tushuntirdi: "Meni hurmat qilishmayapti deb his qilyapman. Men UFC’da jang qilishni yaxshi ko'raman, bu ligani yaxshi ko'raman, lekin men ham hurmat istayman", — dedi Abdel-Aziz Submission Radio efirida.
Getji so'nggi jangini 2025 yil martda UFC 313 turnirida ozarbayjonlik Rafael Fizievga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar