07 may 09:49
Yangiliklar

Getji Xabib bilan jang oldidan Abu-Dabida nima bo'lgani haqida esladi
"Agar siz odatiy hayot tarziga amal qilsangiz Abu-Dabida siz uchun juda qiyin bo'ladi. U erda butunlay boshqacha. Turli vaqt mintaqasi, oziq-ovqat, havo, suv, madaniyat. Men u erda o'zimni noqulay his qildim. U erdagi taomlar menga yoqmadi. Faqat mol go'shti bor edi. Lekin, bu ham odatiy mol go'shti emas edi. Ularda jo'xori yo'q ekan. Xabibga qarshi jangdan oldin pulsim 68 ga kutarildi. Toni va CHendler bilan jang kuni esa 33-36 dan oshmagan.
Abu-Dabida ertalab uyg'onib pulsni tekshirganimda, hech narsani tushunmay qoldim. Uyqusizlik menga katta tasir ko'rsatdi. O'zimga bo'lgan ishonchni yaxshi ovqatlanish orqali rivojlantiraman. Ammo, u erda buni iloji bo'lmadi", — dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning 24 oktyabrida Getji UFC 254 turnirining chempionlik jangida Xabib Nurmagomedovga mag'lub bo'lgan edi.
Rossiyalik o'z faoliyatini UFC chempioni va engilmas jangchi sifatida yakunlagandi. Xabib aralash yakkakurashlar bo'yicha 29 ta jang o'tkazib ularning barchasida g'alaba qozongan.
Fikrlar