So’nggi yangiliklar

14:28Расман: Кристиан Ромеро Ла Лига клубига ўтди 0 13:52Узоқ кутилган UFC 330 турнирига етиб келдик! Турнирнинг тўлиқ карди, бошланиш вақтлари билан танишинг 0 13:17Царукян Руффи билан илк кўз уриштириш маросимини ўтказди: "Унинг кўзларида қўрқувни ҳис қилдим" 0 12:51Ёш оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатини 51 та медаль билан якунлашди 0 12:18Мартинелли "Галатасарoй"нинг рекорд даражадаги таклифини рад этди 0 11:49Синдаров қатнашаётган Grand Chess Tour: Sinquefield Cup 2026 турнирида 5-тур ортда қолди 0 11:25Рамазон Темиров октагонга қайси турнирда қайтишини айтди + ФОТО 0 10:54Хабиб Махачевнинг Гэрри манзилига айтган гапларидан норози 0 10:23Ферран Торрес ва яна бир ўйинчи ПСЖда тиббий кўрикдан ўтиш учун Парижга учиб келди 0 09:46Махачев — Гэрри жангини суғурталаётган Майкл Моралес 24 килограмм вазн ташлади 0 09:12President's Cup. Фомин ҳам, Султонов ҳам 1/2 финалда! 0 08:38Уч нафар боксчимизнинг барида ғалаба, Мирзахалилов камар соҳиби! 0 08:12Суперлига. Бугун битта учрашув бор 0 19:25Баҳодир Жалоловни жангга чорлашди 0 18:54Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди 0

17 dek 07:02
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Geynish va CHigirev uchun katta imkoniyat: Qishki Olimpiadaga yo'llanma beruvchi turnir sanasi va manzili elon qilindi

Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) figurali uchish sport turida 2026 yilgi Olimpiya o'yinlari uchun saralash turnirini elon qildi.

Kvalifikacion turnir 2025 yilning 17-21 sentyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladi. Bu haqdagi qaror tashkilotning 11 dekabr kuni o'tkazilgan Kengashida qabul qilingan.

Musobaqada figurali uchishning sport juftligi yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirev ham ishtirok etishi mumkin.

Malumot o'rnida, Milan va Kortina-2026 XXV qishki Olimpiya o'yinlari 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o'tkaziladi.

SHuningdek, ISU keyingi mavsumdan boshlab, Gran-pri bosqichlarining o'tkazilish tartiblari quyidagicha o'zgartirilishini elon qildi:

1. Skate America

2. Cup of China

3. Skate Canada

4. NHK Trophy

5. Grand Prix de France

6. Finlandia Trophy.

Eslatib o'tamiz, Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev joriy yilgi mavsum davomida oktyabr oyi oxirida Kanada Gran-pri bosqichida qatnashdi. Ular umumiy 189,65 ball jamg'argan holda o'zlarining eng yaxshi natijalarini qayd etib, kumush medalga ega chiqishdi. SHundan so'ng, sportchilarimiz Franciyaning Anje shahrida tashkil etilgan bosqichda ishtirok etib, 161.99 ball jamg'arishgandi.

Malumot uchun, Ekaterina va Dmitriy juftligi ayni paytda jahon reytingida 38, mavsum reytingida esa 12-o'rinni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing