22 okt 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

GFC 18 turnirida jang qilishi aytilgan Furqatbek Yoqubov raqibsiz qoldi (FOTO)
Xabar berganimizdek, 25 oktyabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida joylashgan Colosseum Casino majmuasida MMA bo'yicha GFC 18 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnir doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov Filippin vakili Jenil Fransiskoga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Biroq Yoqubovning malum qilishicha, raqib viza bilan bog'liq muammolar tufayli turnirda ishtirok eta olmasligi malum bo'lgan. Hozirda GFC Ligasi Furqatbek uchun yangi raqib izlayotgani aytilyapti.
Havola :
Manba : instagram.com/yokubov_furkatbek
Fikrlar