So’nggi yangiliklar

16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0

01 mar 07:27
Yangiliklar

Boks/MMA

"GGG haliyam o'zining yuqori sport formasida". Xirn Golovkin va uning Kanelo bilan jangi haqida gapirdi

Promouter Eddi Xirn qozog'istonlik Gennadiy Golovkinning Saul Alvares bilan bo'ladigan uchinchi jangi haqida gapirdi.

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn "Behind Gloves" You Tube kanaliga bergan intervyusida mijozlaridan biri, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinning rejalari va meksikalik Saul Alvares bilan uchinchi jangi haqida gapirdi.

"Kanelo"ning 2021 yildagi maqsadi barcha kamarlarni yutib, mutlaq champion bo'lish. Menimcha, u Golovkin bilan jangdan qochmoqda. Saul hamma bilan ringga chiqadi, lekin u menga o'z rejalarini aniq tushuntirib berdi. "Kanelo" o'z vaznidagi chempionlar bilan jang qilishni istaydi. Golovkin jamoasidagi rolim Alvares jamoasidagi rolimdan biroz farq qiladi. Golovkin uchun tadbirlarni tashkil etish, logistika masalalari bilan shug'ullanaman. Bizning munosabatlarimiz yaxshi, ammo men GGG uchun strategiya rejalashtirish bilan shug'ullanmayman. Men ham shu kabi ishlarda ishtirok etishni istayman, bu juda katta foyda bo'lar edi, lekin Gennadiyning o'z qarashlari bor va men u uchun ishlaydigan odamlarni hurmat qilaman.

Kaneloga qarshi kurash bo'lishi mumkin. Nazarimda, GGG hali ham eng yuqori cho'qqisida, ehtimol uning davri oxirlab qolgandir. Lekin, u hozir katta janglar uchun harakat qilishi lozim. Menga Mungiya, Murata, Kris Yubenk bilan janglar yoqadi. Golovkin global yulduz. Dunyo bo'ylab GGGni bilishadi. Biz u bu erda yorqin yulduz ekanligini bilamiz, biroq Gennadiy London, Yaponiya, SHarqiy Evropa va Qozog'istonda ham katta mavqega ega. Fikrimcha unga iloji boricha tezroq reja kerak va bunda "Kanelo" mavjud emas. Lekin jang may oyida ham, sentyabrda ham bo'lmaydi”, - dedi Xirn.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing