23 jan 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Gilbert Berns: Mart oyida menga qarshi jang qilsin yoki reytingdan chiqarib yuborilsin
Yarimo'rta vazn UFC jangchisi Gilbert Berns Kolbi Kovingtonni jangga chorladi.
«Unga hech qanday adovatim yo'q. Uning harakatlari yoqmasa ham Kolbini hurmat qilaman. Men chempion bo'lishni istayman, u esa vazn reytingida boshqaning joyini egallab turibdi. Menga qarshi mart oyida jang qilsin yoki reytingdan chiqarib yuborilsin»,-deb fikr bildirdi Gilbert.
Malumot uchun, Kolbi Kovington so'nggi jangini o'tgan yilning mart oyida Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazgandi. U UFC reytingining ikkinchi pog'onasida ketmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar