07 fev 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/203396_220.jpg)
Gilbert Berns SHavkat Rahmonovning kechagi jangiga baho berdi
Yarimo'rta vaznda chempionlik uchun sobiq davogar Gilbert Berns qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida fikr bildirdi.
Etiborga molik jihati shundaki, Berns va Rahmonov bitta jamoada mashg'ulot o'tkazishadi. Kecha qozog'istonlik yakkakurash ustasi Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 200 turnirida gayanalik Karlston Xarrisni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi.
"SHavkat shunchaki monstr! U dahshatning o'zginasi. Rahmonov maqtovlarga loyiq! Vau, 15 jang, 15 muddatidan oldin qozonilgan g'alaba!", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan braziliyalik jangchi.
Malumot uchun, 27 yoshli SHavkat Rahmonov kechagi g'alabasiga qadar braziliyalik jangchilar Aleks Oliveyra va Mishel Prazeresni muddatidan avval bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar