17 jan 11:55
Yangiliklar

Gilbert Berns Xamzatga qarshi jangning tashkiliy ishlari qaysi bosqichda ekanini aytdi
"UFC tomonidan menga qo'ng'iroq bo'ldi. Ular Xamzatga qarshi jang qilishimni so'rashdi. Men bunga rozi bo'ldim, ammo hozircha aniq sana malum emas. Tizzamda kichik jarohatim bor. SHifokorlar yanvar oxirida to'liq mashg'ulotlarga qaytishimni aytishdi. Hozir ham mashq qilyapman, lekin to'liq kuch bilan emas.
Xamzat 9 aprel kuni jang qilishni kelishgan yozishmalarimizni elon qildi. SHundan so'ng, barcha OAV bu haqida yoza boshladi. Ammo, bizda rasmiy kelishuv hali beri yo'q. Bu jang tez orada o'tkazilsa yaxshi bo'lardi. Men yana Braziliyaga qaytib, jang qilishni sog'inganman. 7 may jang uchun mukammal vaqt", - deydi Berns.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev bu jang UFC 273 doirasida 9 aprel kuni o'tkazilishini aytgandi.
Fikrlar