03 may 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Gilbert Byorns CHimaev bilan jangdan keyin nega yig'laganini tushuntirib berdi
Braziliyalik MMA jangchisi Gilbert Byorns Xamzat CHimaevga qarshi jangdan so'ng nimalarni his qilgani haqida gapirdi.
"Men juda g'azabda edim. O'zim ham yaxshi jang qilganimni tushunib turgandim. Ammo odamlar oldimga kelib, "havotir olma, jang ajoyib o'tdi" deyishdi. Men ketayotgandim, odamlar yana "ajoyib jang bo'ldi" deyishdi. Lekin men yutqazdim, yig'lashni istamagandim. Uchinchi va to'rtinchi odamlar kelib "Do'stim, jang ajoyib o'tdi" deganida men portladim va yig'lab yubordim: "Jin ursin, ammo men yutqazdimku!".
Jang ajoyib o'tdimi yoki yo'qmi, farqi yo'q. Men g'alaba qozonishni istayman, yutqazishni xohlamayman", - dedi Byorns.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar