12 fev 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Gilbert Byorns: "Usmanni nokautga uchratishga tayyorlanayapman"
Braziliyalik UFC jangchisi Gilbert Byorns Kamaru Usmanga qarshi jangi oldidan o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Kamaruni har qanday payt, har qanday joyda ushlab olishimni bilaman. Kamaru "Bu jangda kim g'alaba qozonishini hamma biladi" dedi. Menimcha, u meni nazarda tutdi.
Usman sizni charchatadi, noqulay vaziyatga soladi va oxiri mag'lub qiladi. Bu jihatdan men undan farq qilaman. Men darxol yo nokaut qilishni yoki raqibni yiqitishni xohlayman. Maqsadim muddatidan oldin g'alaba qilish.
Kamaru Usman kuchliligini bilaman. Uning murabbiyi ham juda tajribali. Lekin, mening maqsadim o'zgarmaydi. Men uni nokautga uchrataman", - dedi Gilbert Byorns.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar