09 apr 08:12
Yangiliklar
Gimnastika bo'yicha Isroil terma jamoasi xavfsizlik muammosi sababli Toshkentdagi Jahon kubogiga kelmaydi
Terma jamoa Sofiyadagi Jahon kubogi bosqichidan keyin xavfsizlik holati tufayli mamlakatga qaytdi.
O'tgan hafta badiiy gimnastika bo'yicha Isroil terma jamoasi mavsumdagi birinchi musobaqasida - Sofiyada bo'lib o'tgan Jahon kubogida ishtirok etdi. U erda jamoaviy va yakkalik yo'nalishida Mittal Maayan Sumkin va Daniela Muniz bahslarda ishtirok etishdi.
Ushbu musobaqadan so'ng sportchilar shu hafta oxirida poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tadigan Jahon kubogiga kelishi rejalashtirilgan edi.
Vaziyat baholaganidan so'ng, xavfsizlik holati tufayli badiiy gimnastika bo'yicha Isroil terma jamoasi Toshkentga bormasligiga qaror qilindi. Avvalroq, bunday holat dzyudo bo'yicha isroillik sportchilar bilan ham kuzatilgandi.
Fikrlar