So’nggi yangiliklar

19:18Таэквондочиларимиз янгиланган Жаҳон рейтингида нечанчи ўринларни эгаллаб туришибди? 0 18:42UFC 337 турнирининг санаси ва ўтказилиш жойи маълум бўлди 0 18:14Чимаев UFC собиқ чемпиони билан беллашув ўтказиши мумкинлигини айтди 0 17:49Ромелу Лукаку Бельгия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 17:22Жасурбек Рустамхонов Чехия хоккейи тарихига кирди 0 16:50Норвегия россиялик ва беларуслик спортчиларнинг мусобақалар учун мамлакат ҳудудига киришини тақиқлайди 0 16:19Расман! Руслан Абдуллаевнинг рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:48Почеттино МЮга нигериялик "девор"ни олиб келмоқчи 0 15:17Гукеш жаҳон тожи учун матч олдидан Жавоҳир Синдаров ҳақида гапирди 0 14:46Қирғизистонда Олимпиада ғолиб ва совриндорлари учун умрбод стипендиялар тасдиқланди 0 14:15Zagreb Grand Prix 2026 турнирини иккита медаль билан якунладик 0 13:44Де ла Фуэнте Испаниянинг Англиядан учраган мағлубияти ва тўхтатилган тарихий серия ҳақида гапирди 0 13:13Расман. Mangu 7 турнирининг санаси ва манзили эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:42Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да 7 та медаль қўлга киритишди 0 12:11UFC Fight Night 296 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0

07 jan 07:51
Yangiliklar

Gimnastika

Gimnastika IBO'SMda Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Teglar :  BuxoroGimnastika
Buxoro shahar 21-sonli umumtalim maktabining 50dan ortiq o'quvchi yoshlari uchun sport maktabi shug'ullanuvchilari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash hamda o'quvchi yoshlarni sportga qiziqtirish, o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish, o'quvchi-yoshlar orasida sportning badiiy gimnastika turini keng targ'ib qilish maqsadida Buxoro viloyati Gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun ham ana shunday tadbirlardan biri tashkil etildi. Unda Buxoro shahar 21-sonli umumtalim maktabining 50dan ortiq o'quvchi yoshlari uchun sport maktabi shug'ullanuvchilari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida bolalar-o'smirlar sport maktabi treneri, xalqaro toifadagi sport ustasi Darya Svechnikova hamda yosh badiiy gimnastikachilar o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Tadbir so'ngida 21-sonli umumtalim maktabi rahbariyati Buxoro viloyati Gimnastika bo'yicha IBO'SM trenerlari hamda shug'ullanuvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing