22 fev 07:44
Yangiliklar
Gimnastikachilarimiz Jahon kubogining birinchi bosqichiga yo'l olishdi
Germaniyaning Kotbus shahri 23-26 fevral kunlari Jahon kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi Germaniyaga yo'l oldi. Bellashuvlarda Oksana CHusovatina, Dildora Aripova, Abdulla Azimov, Abdulaziz Mirvaliev va Ravshan Komiljonov yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Qayd etish joiz, murabbiylar shtabi bundan keyin Qatarda o'tadigan ikkinchi bosqichga ham ushbu tarkibni tanlab olgan. Hozircha Ozarbayjon va Misrda o'tadigan yakuniy bosqich haqida aniq malumot berilmagan. Biroq har bir ishtirokchida kuzda Belgiyada o'tadigan dunyo birinchiligiga yo'llanma olish uchun etarlicha imkoniyat mavjud.
Eslatib o'tamiz, Evropadagi jahon chempionatida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar o'ynaladi.
Fikrlar