14 apr 07:48
Yangiliklar
Dzyudo

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan poster
Gigant hajmdagi poster Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganidan xabaringiz bormi?
O'tgan yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha jahon chempionati uchun chiqarilgan juda katta hajmdagi poster Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan edi.
Ushbu posterning uzunligi 600 metr atrofida bo'lib, jahon chempionatiga mezbonlik qilgan tarixiy "Nippon Budokan" arenani qamrab olgandi. Posterning Ginnes kitobiga kiritilgani haqidagi rasmiy sertifikat jahon chempionatining tantanali ochilish marosimida Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer, Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari, Olimpiada chempioni Yasuxiro Yamasitaga topshirilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar