13 may 14:14
Yangiliklar

G'iyosjon Boboevni tabriklaymiz!
Buxoro dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Boboev bir necha yildirki, asosiy jamoamiz tarkibida xalqaro musobaqalarda tatamiga chiqib kelmoqda. O'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Boku "Katta Dubulg'a" turnirida kumush, Tokio "Katta Dubulg'a" musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritgan. 2017 yilgi Tbilisi Gran-pri turniri g'olibi, 2016 va 2017 yilgi Toshkent Gran-pri turnirlari kumush medali sovrindori, xuddi shu musobaqaning 2015 yilgi bronza medali sohibi bo'lgan. Minskda o'tgan Evropa Ochiq chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi nomidan xalqaro toifadagi sport ustasi G'iyosjon Boboevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, sportchilik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
Fikrlar