20 dek 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Glover Teysheyra: "Faoliyatimni yakuniga qadar rekordni yangilarman"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Glover Teysheyra promoushen tarixidagi eng keksa chempion bo'lmoqchi ekanini aytdi.
Malumot uchun, Rendi Kutyur 45 yoshida chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
"Mening maqsadim tarix yaratish. 43 yoshdaman va hozirda o'zimni ajoyib xis qilyapman. Balki, faoliyatimni yakunlagunimga qadar Rendi Kutyurning rekordini yangilarman", - dedi Teysheyra.
Eslatib o'tamiz, 22 yanvar kuni Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan UFC 283 turnirida Teysheyra yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun Jamal Xillga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar