22 jan 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Glover Teysheyra va Jamal Hill o'rtasidagi UFC 283 markaziy jangi yakunlandi
Braziliyada UFC 283 musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida UFC 283 musobaqasi yakunlandi.
Hozirgina musobaqaning markaziy jangi doirasida Glover Teysheyra - Jamal Hill jangi yakuniga etdi. Yarimog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun kechgan jang to'liq besh raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (uchchala hakam: 56-44) Jamal Xill g'alaba qozondi va yarimog'ir vazn toifasida UFC'ning yangi chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar