02 dek 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA
G'ofur Rahimov WBC tashkilotida lavozimga ega bo'ldi
Ayni kunlarda Taylandning Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon Boks Kengashining (WBC) 63-Konvenciyasi doirasida WBC Direktorlar kengashining navbatdagi majlisi o'tkazildi.
Ushbu majlis nafaqat yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo'ldi, balki professional boks tarixida yangi sahifa ochmoqda.
Konvenciyada CISBB (MDH va Qora dengiz mintaqasi Boks Byurosi) tashkiloti rasman WBC EuroAsia deb qayta nomlandi. Bu o'zgarish Evropa va Osiyo qitalari o'rtasidagi yangi strategik birlashuvning boshlanishi sifatida qabul qilindi.
SHu bilan birga, WBC Direktorlar kengashi tomonidan WBC EuroAsia prezidenti lavozimiga bir ovozdan o'zbekistonlik nufuzli sport funkcioneri G'ofur Rahimov saylandi.
Uning boy tajribasi, strategik fikrlash qobiliyati va boks rivojiga qo'shgan ulkan hissasi ushbu tuzilmaning kelajakdagi yo'nalishlarini belgilashda muhim o'rin tutadi.



Havola :
Manba : WBC Boxing
Fikrlar