So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

06 mar 19:33
Yangiliklar

Bolalar sporti

G'oliblar Respublika bosqichida, ayol murabbiylar uchun esa bayram tadbiri

Teglar :  Belbog'li kurash
Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanidagi 1- sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston “Adolat” SDP viloyat bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 220 nafar yosh polvonlar o'n bir vazn toifasida g'oliblik uchun bellashishdi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikni egallagan polvonlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada birinchi va ikkini o'rinni egallagan sportchilar 14-18 mart kunlari Navoiy viloyatida bo'lib o'tadigan belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chemionatida ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritishdi.

SHuningdek, 8 mart – Xalqaro xotin – qizlar kuni bayrami munosabati bilan tadbir ham tashkil etildi. Jamiyatimizda xotin-qizlarni o'rni va nufuzini oshirish, ularning aholi faravonligini yuksaltirish borasida xususan, tadbirkorlik, ilm-fan, talim-tarbiya, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport va boshqa sohalarida samarali mehnat qilishmoqda. Birgina CHirchoqchi tumandagi 1-BO'SMda ham yosh avlodni sportga oshno bo'lishida, o'g'il-qizlarni sportdagi iqtidorini ruyobga chiqarish va mard, matonatli qilib tarbyalashda jonbozlik ko'rsatayotgan  murabbiylar, ishchi-xodimlardandan  iborat bir guruh xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.  BO'SM mamuriyati tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida  sport maktabida mehnat qilayotgan barcha ayollarga gullar, esdalik sovg'alari ulashilib, ehtirom ko'rsatildi. 

Ilhom RAHMONOV


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing