04 iyu 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin faoliyatidagi eng qiyin raqib haqida gapirdi. U Kanelo emas
Gennadiy Golovkin Saul Alvaresni faoliyatidagi eng qiyin raqibi emasligini takidladi.
"Raqiblarim ichida chempionlar, majburiy davogarlar bor edi, aytishim mumkinki, Kanelo ularning ichida eng yaxshisi emas. Albatta, u yuqori darajadagi bokschi, ancha qiyin raqib, lekin ko'ryapmizki, u ham mag'lub bo'lmoqda...
Havaskor boksdan prof ringga o'tmagan bir qancha raqiblarim bor edi. Ularning tajribasi, taktikalari betakror edi. Ular uch raund davomida sizning uslubingizni o'rganib, undan shu qadar foydalanadiki, sizda g'alaba uchun hech qanday imkon qolmaydi", - deya takidlaydi 40 yoshli Gennadiy.
Avvalroq, Golovkin va Kaneloning yuzma-yuz kelgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar