07 may 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin: "Istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman"
To'rtta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin Saul Alvares yoki boshqa bir istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
"Istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. U Saul Alvares bo'ladimi yoki boshqasimi farqi yo'q. Kamarlarim ko'p. Istalgan chaqiriqni qabul qilishga tayyorman", - dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, kecha Golovkin Vanes Martirosyanga qarshi bo'lib o'tgan jangning ikkinchi raundidayoq nokaut evaziga g'alabani qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar