26 dek 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Murata chempionlik jangi qachon o'tkaziladi?
O'rta vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Gennadiy Golovkin hamda WBA Super kamari sohibi Ryota Murata o'rtasidagi jang 29 dekabr kuni o'tkazilishi kerak edi.
Ammo, Saytamadagi jang Yaponiyadagi yangi koronavirus havfi sabab bekor qilingandi.
"Gennadiy Golovkin bir necha kundan so'ng ringga chiqishi kerak edi. Endi ushbu chempionlik jangi 2022 yilning mart yoki aprel oyida o'tkaziladi", — deya taniqli promouter Eddi Xirnning so'zlarini keltirmoqda Boxingnews24.
Qozog'istonlik bokschi so'nggi jangini 2020 yilning dekabr oyida o'tkazgandi. O'shanda u IBF kamari uchun rasmiy davogar, polshalik Kamil SHeremetni mag'lubiyatga uchratgandi. Murata esa Stiven Batlerdan ustun kelgan edi.
Havola :
Fikrlar