01 dek 19:10
Yangiliklar

Golovkin va Murata jangi o'tkazilmasligi mumkin
Konoravirus butun insoniyat uchun ulkan zararlar keltirdi va keltirishda davom etmoqda. Yaqindagina ushbu virusning yangi "Omikron" deb nomlangan shtammi aniqlangandi. SHuning o'zi, bir necha davlatlarining chora ko'rishi uchun etarli bo'ldi. Hususan Yaponiya ham o'z chegaralarini chet el fuqarolari uchun yopishini elon qildi.
SHu sabab ham, IBF va IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin va WBA Super chempioni Ryota Murata o'rtasidagi jangning o'tkazilishi katta so'roq ostida qolmoqda. Jang 29 dekabr kuni Tokio shahridagi "Saitama Super Arena" majmuasida o'tkazilishi rejalashtirilayotgandi.
Hozirda cheklovlar qancha muddat davom etishi aniq emas. Chunichi Shimbun nashrining xabar berishicha, ushbu jang Yaponiya boks tarixidagi eng katta voqea bo'lishi kutilayotgan edi. Jangning to'liq byudjeti 15 milliard ienaga (132 mln dollar) teng edi.
Fikrlar