05 iyu 11:57
Yangiliklar
![](/upload/storage/225679_220.jpg)
Golovkinning murabbiyi: "Men uning yoshidan tashvishlanmayman"
"Golovkinning yoshi borasida faqatgina OAV vakillari qayg'uryapti, xolos. Hatto, raqiblar ham bunga ahamiyat bermaydi, deb o'ylayman. Mening fikrim? Men bundan tashvishlanmayman. Men faqatgina uning sekinlashishidan tashvishlanaman va buni tan olaman.
Lekin u g'ayratli bo'lib, maqsadi sari harakat qilsa, uning yoshini muhokama qilish uchun hech qanday sabab qolmaydi. Avval ham aytganimdek, Golovkin va Alvares so'nggi bor jang qilganiga to'rt yil bo'ldi. Menimcha, ikki jangchi ham bir-biridan farq qiladi, bu esa jangning yanada yaxshiroq bo'lishini taminlaydi", - deya Benksning so'zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin so'nggi bor 9 aprel kuni Rioto Murataga qarshi jang qilgan edi.
Malumot o'rnida, Golovkin — Kanelo jangi 17 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar