24 sen 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning navbatdagi jangi qachonga rejalashtirilmoqda?
O'rta vazn toifasida IBF kamari sohibi Gennadiy Golovkinning polshalik Kamil SHeremetaga qarshi jangi 21 noyabr kuni o'tkazilishi mumkin.
Ushbu jang bo'yicha muzokaralar o'tgan yili Golovkin Derevyanchenko bilan jangda vakant IBF kamarini qo'lga kiritganidan so'ng boshlangandi. Ammo bahs Golovkinning jarohati sabab bir necha marotaba cho'zildi.
SHuningdek bunga Golovkinning Saul Alvares bilan bo'ladigan uchinchi jangi ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar