So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

16 mar 17:20
Yangiliklar

Qiziqarli!, Basketbol

Go'zallikdan bebahra qolmang! Kuchli fizika va jozibani birlashtirgan basketbol go'zallari haqida

NBA'ning chiroyli xonimlarini taniysizmi?

Dunyoda go'zallar ko'p. Ommaning tasavvurida sportchi ayollar qo'pol, beso'naqay va latofatsiz degan fikr ham yo'q emas. Biroq quyidagi fotomaqolamizdagi basketbol malikalari bu kabi fikrlarni puchga chiqaradi. Sizni NBA'ning kuchli va maftunkor xonimlari bilan tanishtiramiz!

Skaylar Diggins Smit

1990 yilning 2 avgustida tug'ilgan.

Skaylar Tokio 2020 Olimpiadasining eng yorqin sportchilaridan biri. Bir qarash unga qoyil qolish uchun etarli. U o'z faoliyatida WNBA'ning eng yaxshi o'yinchisi va WNBA All-Star (5 marta) kabi ko'plab mukofotlarni qo'lga kiritgan.


Stefani Dolson

1992 yilda tug'ilgan.

Eng jozibali ayol basketbolchilardan biri Stefani Dolson ro'yxatdagi keyingi go'zal chexradir. U kuchli fizikaga ega bo'lgan markaziy o'yinchilar qatorida turadi. Stefani Dolson amerikalik professional ayol basketbolchi bo'lib, 2014 yilda NBA'ga chaqirilgan.


Liz Kembaj 

1991 yil 18 avgustda dunyoga kelgan.

Liz Kembaj - Las-Vegas Asec'ning avstraliyalik professional basketbolchi. U 2009 yildan 2021 yilgacha Avstraliya terma jamoasida o'ynadi, 2018 yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida oltin medal, 2018 yilgi Jahon chempionatida kumush va 2012 yilgi Olimpiadada bronza medalini qo'lga kiritgan.


CHeen Parker

1992 yil 22 avgustda tug'ilgan.

CHeen Parker balki basketbol olamining eng go'zal xonimidir. U shunchaki olov. Bizning yorqin basketbol yulduzimiz Tennessi shtat universitetida o'z istedodi bilan barchani hayratda qoldirgan. Hozirda u «Atlanta Dream» jamoasida o'ynaydi.


Ebbi Bishop

1988 yil 29 noyabr kuni tavallud topgan.

Ebbi Bishopni go'zal basketbolchilar ro'yhatiga kiritmaslik mumkin emas edi. Parker xonim NBA'ning avstraliyalik yulduzi. U hozirda «Southside Flers» jamoasi hujumchisi. Ebbi Avstraliya ayollar milliy basketbol jamoasi bilan bitta oltin va bitta bronza medalini qo'lga kiritdi.


Satou Seballi

1998 yilning 25 aprelida tug'ilgan.

Satou maydonga kirishi bilanoq odamlarni o'ziga tortadi. Nemis-amerikalik yulduz kollejning «Oregon Ducks» jamoasi basketbolchisi edi. Hozir u «Dalles Wings» (WNBA) va Fenerbaxche jamoalarida o'ynaydi.


Leksi Braun

1994 yil 17 oktabrda dunyoga kelgan.

Bu qiz Merilend va Dyuk universitetida jamoalarida basketbol o'ynashni boshlagan. Endi u WNBA «Chicago Sky» jamoasi himoyachisi. Leksi Braunning basketbolchi va go'zal xonim sifatida o'ynayotganini tomosha qilish har doim zavqlidir.


Keyla CHarlz

1998 yilning 23 mart kunida tug'ilgan.

Merilend universiteti qoshidagi Kollege Park basketbol kollejini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng, Kayla CHarlz «Connecticut Sun» jamoashi sharafini himoya qilib keladi. U juda maftunkor va istedodli, uning kortdagi kuchi chegaralanmaganga o'xshaydi.


Keti Lou Samuelson

1997 yilda tug'ilgan.

Keti yosh, iqtidorli amerikalik professional basketbolchi NBA o'yinchilarining eng go'zal ayollari ro'yxatida turadi. Keti Lou Samuelson - basketbol olamining eng chiroyli tabassumga ega yuzi. U latofatli ko'rinish va tasirchan fizikaga ega. Professional jihatdan u WNBA'dagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Yosh va go'zal basketbolchi o'zini eng zo'r ekanligini hali uzoq vaqt isbotlaydi.


Loren Koks

1998 yilda tavallud topgan.

Loren nega NBA'dagi chiroyli ayol basketbolchilar ro'yxatida ekanligini tushuntirish uchun yuqoridagi maftunkor ko'zlarga qarashning o'zi etarli. Koks kuchli sport fizikasiga ega amerikalik professional basketbolchi. Bo'yi 1,93 m hujumchi «Baylor Lady Bears» kollej jamosida o'ynagan va 2020 yilda WNBA'ga chaqirilgan.


Mariya Vadaeva

1998 yilda dunyoga kelgan.

NBA'dagi latofatli ayol basketbolchilar ro'yxatini Mariya Vadeeva bilan davom ettiramiz. U yosh, baquvvat va jamoasining eng yaxshi markaziy o'yinchilaridan biri. Bo'yi 1,93 metr bo'lgan Mariya Vadeeva rossiyalik professional basketbolchi bo'lib, u 2018 yilda WNBA'ga chaqirilgan. U jozibali fizikaga ega kuchli sportchi.


Natali Axanova

1993 yilda dunyoga kelgan.

Kanadalik Natali Axonvaning bo'yi 1,92 m balandlikka ega. Hamisha tabbassum qilishdan charchamaydigan yuz va jozibaga ega ayol. Uni go'zalligi boshqalardan ajratib turadi.

NBA'ning maftunkor ayollari ro'yxatini tuzilar ekan, hayolda dunyoning barcha go'zallari basketbolda yig'ilgan ekan, degan fikr uyg'onadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing