23 jan 15:25
Yangiliklar
Dzyudo
Gran-Pri. Kemran Nurillaev braziliyalik raqibini mag'lub etdi
Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turniri davom etmoqda.
Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kemran Nurillaev ikkinchi bosqichda braziliyalik Felipe Kitadaini mag'lub etdi va uchinchi davraga yo'l oldi. Endi u chorak finalga chiqish uchun belgiyalik Jorre Verstraetenga qarshi tatamiga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Kemran musobaqadagi ilk jangida mezbon dzyudochi Matan SHanini mag'lub etgandi.
Havola :
Fikrlar