18 sen 10:58
Yangiliklar
Dzyudo
Gran-priga ikki kun qoldi: IJF bosh sport direktori Toshkentga etib keldi
Dzyudo bo'yicha uzoq kutilgan Toshkent Gran-prisi boshlanishiga ikki kun vaqt qoldi.
SHu kunlarda musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar delegaciyalari hamda rasmiy shaxslarning poytaxtimizga tashrifi davom etmoqda.
Jumladan, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bosh sport direktori Vladimir Barta Toshkentga etib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faxriy mehmonni O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari Ulug'bek Buxarov hamda federaciya bosh kotibi Doniyor Ilhomov kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, ertaga, 19 sentyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida musobaqaga qura tashlash va vazn o'lchash marosimi o'tkaziladi. SHuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani ham tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar