23 jan 18:18
Yangiliklar
Gran-Prining ilk kuni dzyudochilarimiz uchun yakunlandi
Afsuski, musobaqaning ilk kuni hamyurtlarimiz uchun medalsiz yakunlandi.
-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kemran Nurillaev uchinchi bosqichda belgiyalik Jorre Verstraetenga imkoniyatni boy berdi. U musobaqa davomida Isroil va Braziliya vakillarini mag'lub etgandi.
-66 kg vaznli Sardor Nurillaev esa uchinchi bosqichda mezbon sportchi Barux SHmailovga yutqazdi. Bungacha u Slovakiya va Dominikan Respublikasi vakillaridan ustun kelgandi. Ushbu vazndagi boshqa bir hamyurtimiz SHahram Ahadov ham mezbon Tal Flikerga imkoniyatni boy berdi. U ikkinchi bosqichda bolgariyalik raqibni mag'lub etgandi.
Ayollar o'rtasida -52 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Diyora Keldiyorova ilk jangida avstraliyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratgan bo'lsada, ikkinchi davrada belgiyalik Amber Riulga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar