So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

17 jan 08:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Gran Prix Zagreb Open. Islom Bahromov va Jasurbek Ortiqboev oltin uchun gilamga chiqadi

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi - Gran Prix Zagreb Open 2021 turniri davom etmoqda.

Dunyoning o'ttizga yaqin davlatidan yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etayotgan musobaqada yurtimiz sport sharafini Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi polvonlarimiz himoya qilyapti. Kecha o'tkazilgan saralash bellashuvlaridan so'ng medallar uchun gilamga chiqadigan kurashchilar nomi malum bo'ldi.   

Quvonarlisi, bugun final bosqich bahslarida terma jamoamizning besh nafar azosi Zagreb Gran-Pri turniri medallari uchun gilamga chiqadi. -60 kg vazn toifasidagi kurashchimiz, Osiyo chempioni Islom Bahromov finalda turkiyalik Axmet Uyarga qarshi bahs olib boradi. 

-55 kg vazndagi vakilimiz Jasurbek Ortiqboev germaniyalik Fabian SHmittga qarshi gilamga chiqadi. Agar u g'alaba qozonsa, oltin medalni qo'lga kiritadi. SHu vazndagi yana bir kurashchimiz Ilhom Bahromov italiyalik Jiovanni Frenini yutgan taqdirda kumush medalga ega chiqadi. Bu vaznda ishtirokchilar soni kam bo'lgani bois, bellashuvlar aylana tizimda o'tkazildi. 

Feruz To'xtaev, Mirzobek Rahmatov va Aram Vardanyan esa Zagreb Gran-Prisining bronza medallari uchun gilamga chiqishadi. Birgina Rahmatov o'tish bellashuvida ishtirok etadi. Uning raqibi italiyalik Franchesko Bellino bo'ladi. Ushbu juftlik g'olibi bronza medali uchun moldovalik Doniyor Islamovga qarshi bahs olib boradi. 

Oltin medal uchun

-60 kg: Islomjon Bahromov (O'zbekiston) – Axmet Uyar (Turkiya) 

-55 kg: Jasurbek Ortiqboev (O'zbekiston) – Fabian SHmitt (Germaniya)


Bronza medal uchun

-60 kg: Feruz To'xtaev (O'zbekiston) – Aleksander Bisa (SHveciya)/Micha Trash (Polsha)

-67 kg: Doniyor Islamov (Moldova) – Mirzobek Rahmatov (O'zbekiston)/Franchesko Bellino (Italiya)

-72 kg: Aram Vardanyan (O'zbekiston) – Mikko Peltokangas (Finlyandiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing