06 mar 18:48
Yangiliklar

Grand Prix Upper Austria 2025 turniriga qura tashlandi
Dunyoning 52 davlatidan jami 416 nafar (247 erkak, 169 ayol) sportchi qatnashadigan ushbu musobaqada terma jamoamizning 7 dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Biroz avval turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
O'zi uchun yangi +100 kg vazn toifasida ishtirok eta boshlagan Muzaffarbek To'raboev uchun qura biroz omadsizroq keldi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori avstriyalik dzyudochi to'sig'idan o'tib olsa, ikkinchi bosqichda Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi, jahon va Evropa chempioni gruziyalik Guram Tushishviliga qarshi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-66 kg: Dilshodbek Baratov - Deni Altemirov (Belgiya)
-73 kg: Mardon Ravshanov - Xristos Dimitriadi (Kipr)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Ivans Mixalovs (Latviya)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev - Movli Borchashvili (Avstriya)
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - SHalva Gureshidze (Gruziya)/Jantilek Nurtilepuli (Qozog'iston)
-48 kg: Laziza Haydarova - Mariya Gomes (Ispaniya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Helena Vukovich (Xorvatiya)
Fikrlar