08 jan 15:00
Yangiliklar
Tennis
Grikspur faoliyatidagi ilk sovringa Punada ega chiqdi
Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP turniri o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 95-raketkasi bo'lib turgan niderlandiyalik Tallon Grikspur reytingda o'zidan 35 pog'ona yuqorida borayotgan franciyalik Benjamin Bonciga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Tallon raqibini 4/6, 7/5, 6/3 hisobida engib, faoliyatidagi ilk ATP sovriniga ega chiqdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Grikspur 17, Bonci esa 11 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar har ikki tennischida ham 4 tani tashkil etgan. Tallon bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi hamda 97,760 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Bonci esa 150 ball va 57,025 dollarga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar