30 may 18:56
Yangiliklar
Dzyudo
Gruziya - O'zbekiston qo'shma mashg'uloti davom etmoqda FOTOREPORTAJ
Bir necha kundirki, dzyudo bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.
Ushbu yig'in jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berayotgan bo'lib, haftaning ikki kunida mashg'ulotlar Gruziya terma jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu har ikki terma jamoa dzyudochilari uchun ham foydali bo'lyapti.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 6-13 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz delegaciyasi 2 iyundan boshlab Vengriyaga yo'l oladi. Avvaliga engil vazn toifadagilar, keyin esa og'ir vaznli dzyudochilarimiz Budapeshtga etib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar